Jeron Alonso Safonovning PSJdagi hurmati sababini aytdi

PSJning sobiq darvozaboni Jeron Alonso parijliklar rossiyalik posbon Matvey Safonovga qanday munosabatda ekanini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Alonso aytishicha, u eshitgan gaplarga ko‘ra jamoa Safonovni juda yaxshi ko‘radi. Darvozabon Donnarumma tarkibda bo‘lgan davrda ham Matvey tinimsiz mehnat qilgani, o‘z ustida ishlashdan to‘xtamagani bilan hurmat qozongan. Uning qat’iyati va maqsadga intilishi ko‘pchilikka yoqqan.
Fransiya Liga 1ning joriy mavsumida 26 yoshli Safonov to‘rt uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol o‘tkazib yubordi.
Matvey 2024 yil yozida “Krasnodar”dan PSJga ko‘chib o‘tgan. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2029 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Darvozabonning bozor qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!