The Athletic talqinida tarixning eng zo'r futbolchilari reytingi e'lon qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic nashri tuzgan tarixdagi 100 nafar eng kuchli futbolchi ro'yxati keng muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Reytingning ilk o'nligi quyidagicha: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yohann Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frans Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash va Mishel Platini.
Bunday ro'yxatlarni mutlaqo xolis tuzish qiyin ekani qayd etilmoqda. Reddit'dagi izohlarda futbol ishqibozlari o'rtasida qizg'in bahslar avj oldi: ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pele nega faqat uchinchi o'ringa qo'yilganidan norozi.
Shuningdek, darvozabonlar orasida afsona sanaladigan Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog'onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing