date

Olimlar qora tuynuklar birlashuvida qorong‘u materiya izlarini aniqladi

Olimlar qora tuynuklar birlashuvida qorong‘u materiya izlarini aniqladi

Qorong‘u materiya zamonaviy fanning eng katta sirlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Astronomlar hisob-kitoblariga ko‘ra, u Koinot massasining asosiy qismini tashkil etadi, biroq u elektromagnit nurlanish bilan o‘zaro ta’sirga kirishmagani uchun uni bevosita kuzatish imkonsiz. Massachusets texnologiya instituti (MIT) tadqiqotchilari ushbu sirli moddani qora tuynuklarning birlashuvi jarayonida hosil bo‘ladigan gravitatsion to‘lqinlar orqali aniqlashga urinib ko‘rishdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Fiziklar agar qora tuynuklar qorong‘u materiya buluti ichida birlashsa, bu muhit gravitatsion to‘lqinlar naqshini o‘zgartirishi kerakligini taxmin qilishdi. Ular LIGO-Virgo-KAGRA (LVK) detektorlari orqali olingan 28 ta gravitatsion signalni tahlil qilib, GW190728 va GW190814 hodisalarida standart vakuum modelidan chetga chiqish holatlarini aniqlashdi. Xususan, GW190728 signali qorong‘u materiya ta’sirini nazariy jihatdan tasdiqlovchi eng yaqqol dalil bo‘lishi mumkin.

Tadqiqotchilar bu natijalarni hali qorong‘u materiyaning uzil-kesil kashf etilishi deb atashga shoshilmayapti. Biroq, ushbu uslub qora tuynuklarni tabiiy gravitatsion interferometrlar sifatida ishlatib, fundamental fizika sirlarini ochishda yangi davrni boshlab berishi mumkin. Kelgusida ko‘proq kuzatuvlar orqali bu anomaliyalarning tabiati aniqroq o‘rganiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Olimlar qora tuynuklar birlashuvida qorong‘u materiya izlarini aniqladi