Ronaldu atrofidagi mojarolar fonida Al-Nasr rahbari ketdi

Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq noroziliklar klub ichida jiddiy aks-sado berdi. Arriyadiyah xabariga ko'ra, Muhammad al-Skit «Al-Nasr» direktorlar kengashi raisi lavozimidan iste'foga ariza topshirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, funksioner bu qarorini shaxsiy sabablar bilan izohlagan, biroq tafsilotlarni ochiqlamagan.
Avvalroq «Al-Nasr» Ronalduga yaqin bo'lgan portugaliyaliklar — Joze Semedu va Simao Koutinyuga klubdagi vakolatlar qayta tiklangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, yulduz hujumchiga ichki muammolarni bartaraf etish bo'yicha va'dalar berilgani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, «Al-Nasr»da boshqaruv tizimidagi o'zgarishlar davom etadi. Jamoa ayni paytda chempionat jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!