Ronaldu atrofidagi mojaro ortidan Al-Nasr rahbari ketdi

Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq norozilik klublar ichida ham aks-sado berdi. Arriyadiyah xabariga ko'ra, Muhammad al-Skit «Al-Nasr» direktorlar kengashi raisi lavozimidan iste'fo berdi. U qarorini shaxsiy sabablar bilan izohladi, biroq tafsilotlarni ochiqlamadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq klubda Ronalduga yaqin bo'lgan portugaliyaliklar — Joze Semedu va Simao Koutinyo vakolatlari qayta tiklangani haqida ma'lumot tarqalgan edi. Manbalarga ko'ra, yulduz hujumchiga ichki muammolarni bartaraf etish bo'yicha klub tomonidan muayyan kafolatlar ham berilgan.
Qayd etilishicha, «Al-Nasr» boshqaruv tizimidagi o'zgarishlar davom etadi. Jamoa hozir APL turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing