date

Real kiyinish xonasida ikki yulduz o‘rtasida keskin tortishuv bo‘ldi

Real kiyinish xonasida ikki yulduz o‘rtasida keskin tortishuv bo‘ldi

Madridning “Real” jamoasi kiyinish xonasida ikki yetakchi futbolchi o‘rtasida jiddiy bahs yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Voqea La Liga doirasida “Levante”ga qarshi yaqinda o‘tkazilgan uchrashuv tanaffusida sodir bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbalarga ko‘ra, futbolchilardan biri sherigiga: “Gollar urayotgan bo‘lsang ham, baribir sendan kuchli o‘yin ko‘rmayapman”, degan mazmunda e’tiroz bildirgan.

Tomonlarning ismi ochiqlanmayapti. Bu haqdagi insayd The Touchline tomonidan, El Chiringuito dasturida tez-tez chiqadigan jurnalist Xuanfre Sansga tayanib keltirildi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” va “Levante” 17 yanvar kuni to‘qnash kelgan. Birinchi bo‘limda hisob ochilmagan, tanaffusdan keyin esa “qirollik klubi” 2:0 hisobida g‘alaba qozongan: Kilian Mbappe penaltidan aniq zarba berdi, Raul Asensio esa yana bir gol muallifiga aylandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real kiyinish xonasida ikki yulduz o‘rtasida keskin tortishuv bo‘ldi