date

Boka Xuniors yangi sport direktorini rasman tanishtirdi

Boka Xuniors yangi sport direktorini rasman tanishtirdi

Argentina grandi “Boka Xuniors” sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati borligi ta’kidlanmoqda, endi Delgado va Rikelme tandemi transferlar hamda sport siyosati bo‘yicha asosiy vazifalarni birga olib boradi.

Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillarda 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan.

Shuningdek, Delgado 2003 yilda Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — u bu ko‘rsatkichni “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan bo‘lishib olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors yangi sport direktorini rasman tanishtirdi