date

Shlotterbek Dortmunddan faqat Real uchun ketishga tayyor

Shlotterbek Dortmunddan faqat Real uchun ketishga tayyor

Dortmundning «Borussiya» klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bild xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga Madridning «Real» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, Shlotterbek «Borussiya»dan faqat «Real» taklifi bo‘lsa ketishga rozi. «Asalarilar» himoyachini 40–50 million yevro atrofida sotishi mumkin.

Shlotterbek 2022 yilda «Frayburg»dan «Borussiya»ga 20 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 26 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shlotterbek Dortmunddan faqat Real uchun ketishga tayyor