date

Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berdi

Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Zhorzhe Zhezush Krishtianu Ronaldu nima sababdan yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Er-Riyod jamoasi chorshanba kuni OFK Chempionlar Ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu safar ham uning ishtiroki bo'lmaydi.

Zhezushning aytishicha, jamoa zich taqvimni hisobga olib Ronaldu va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o'yin turganini ta'kidladi.

Mutaxassis Ronalduga dam berilishi yangilik emasligini ham qo'shimcha qildi: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarning barchasida ham maydonga tushavermaydi.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berdi