Arteta Subimendi maydonda erkinroq harakatlanishini istaydi

Londonning "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi Martin Subimendi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Artetaning aytishicha, u futbolchi bilan ilk suhbatida Subimendi o'z pozitsiyasida oldinga ko'proq chiqish borasida o'zini biroz cheklangan his qilganini aytgan. Murabbiylar shtabi esa unga kerakli paytda va mos raqiblarga qarshi o'yinlarda erkinlik berishga harakat qilmoqda, shunda u bo'sh hududlarga hujum uyushtira oladi. Arteta Subimendining bunday vazifani a'lo darajada bajarayotganini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, Subimendi APLning "Sanderlend"ga qarshi so'nggi o'yinida (3:0) hisobni ochgan edi. Ispaniyalik futbolchi chap yarim qanotdan chiroyli uzoq masofadan zarba yo'llab, uchrashuvdagi ilk gol muallifiga aylandi. Subimendi "Arsenal" safiga 2025 yil yozida qo'shilgan, hozirgacha uning hisobida 6 ta gol bor: 5 tasi APLda, 1 tasi Liga kubogida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!