Real kiyinish xonasida ikki yulduz o‘rtasida tortishuv bo‘ldi

Madridning “Real” jamoasi kiyinish xonasida ikki mashhur futbolchi o‘rtasida keskin bahs yuz berdi. Hodisa La Liga doirasida “Levante”ga qarshi o‘yinning tanaffusida ro‘y bergani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbalar qayd etishicha, futbolchilardan biri jamoadoshiga: “Gollar urayotgan bo‘lsang ham, baribir yaxshiroq o‘ynayapsan degani emas”, degan mazmunda gapirgan.
Mojoroda ishtirok etgan futbolchilarning ismlari oshkor qilinmadi. Bu haqdagi insaydni The Touchline nashri jurnalist Xuanfre Sansga tayanib tarqatdi. Sans tez-tez El Chiringuito dasturida chiqish qiladi.
“Real” va “Levante” 17-yanvar kuni uchrashgan. Birinchi bo‘limda hisob ochilmagan, ikkinchi bo‘limda esa “qirollik klubi” 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Gollarni Kilian Mbappe penalti orqali va Raul Asensio urgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!