date

Krishtianu Ronaldu qizi bilan birga zalda shug'ullandi

Krishtianu Ronaldu qizi bilan birga zalda shug'ullandi

Krishtianu Ronalduining turmush o'rtog'i Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda yangi surat ulashdi. Unda yulduz hujumchi sport zalida gantellar bilan mashg'ulot o'tkazayotgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kadrda 41 yoshli futbolchi yonida qizlaridan biri ham bor: u ham qo'lida gantel ushlab turibdi, faqat kichikroq va pushti rangdagisi. Jorjina suratga qisqa izoh qoldirib, “Dada”, deb yozdi.

Avvalroq Rodriges Ronalduini tug'ilgan kuni bilan tabriklagan post ham joylagandi. Qiziq jihati, tabrik futbolchining 41 yoshga to'lganidan bir kun o'tib e'lon qilingan.

So'nggi kunlarda Ronaldu “An-Nasr”ning bir nechta o'yinlarida maydonga tushmadi. OAVda portugaliyalik futbolchi klub boshqaruvidan norozi bo'lgani sabab uchrashuvlarni boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu qizi bilan birga zalda shug'ullandi