Bavariya vingeri Maykl Olise yanvarning eng yaxshisi bo'ldi

Myunxenning «Bavariya» jamoasi vingeri Maykl Olise Bundesligada yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda turnir matbuot xizmati ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qishning so'nggi oyida Olise Germaniya chempionatida 10 ta golli harakatni amalga oshirdi: u 3 marta raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, yana 7 bor jamoadoshlari uchun golli uzatma berdi.
Ta'kidlash joiz, bu mukofot Olise uchun mavsumdagi ilk e'tirof emas: noyabr oyida ham u Bundesliganing eng yaxshisi sifatida tan olingandi.
Umuman olganda, joriy Bundesliga mavsumida Olise hisobida 10 ta gol va 18 ta golli pas bor. «Bavariya» esa turnir jadvalida ishonchli yetakchi bo'lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing