Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi

Turkiyaning «Kayserispor» klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat oldi va hozircha qancha vaqt maydonga qaytishi noma’lum. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa xabariga ko‘ra, tibbiy tekshiruvlar chog‘ida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi mushaklar o‘rta guruhida yengil jarohat va shish aniqlangan. Hozirda davolanish jarayoni davom etmoqda.
Makarov «Kayserispor» safida 3 fevral kuni «Galatasaray»ga qarshi o‘yinda debyut qilgan. Uchrashuv 0:4 hisobida yakunlangan, uning jamoasi turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda va ligada qolish uchun kurash olib bormoqda. Avvalroq Makarov Moskvaning «Dinamo» klubida o‘ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!