Kanchelskis Golovinga Dortmund Borussiyasini tavsiya qildi

Aleksandr Golovin "Monako" safida allaqachon sakkizinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis fikricha, agar imkon bo‘lganida, yarim himoyachi avvalroq Dortmundning "Borussiya" klubiga o‘tishi kerak edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kanchelskisning aytishicha, nemis jamoasi Golovinga qiziqish bildirgan bo‘lsa, u Bundesligada o‘zini sinab ko‘rishi ma’qul variant bo‘lardi. Hozir esa futbolchi mavsumni yakunigacha "Monako"da o‘tkazib, keyin kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilgani to‘g‘riroq, deya uning so‘zlarini "RB Sport" keltiradi.
Golovin "Monako" tarkibida jami 256 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan. Ushbu o‘yinlarda rossiyalik futbolchi 36 ta gol urib, 42 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Transfermarkt portali uni 18 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!