Jikiya Antalyaspor dagi holati haqida gapirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi faoliyati borasidagi savollarga javob berdi. 32 yoshli futbolchining qisqa izohi «FNL s Ilyovym» telegram-kanalida e’lon qilingan videoda namoyish etildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jikiya klubdagi ishlari qanday ketayotgani haqidagi savolga «hammasi yaxshi» deya javob qaytardi. Keyingi savolda Turkiyadagi sharoitlar ko‘nglidagidek ekani so‘ralganda, u jilmayib, hammasi o‘ziga mos kelayotganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Jikiya o‘tgan yozda «Antalyaspor» safiga kelib qo‘shilgandi. Shu paytgacha u jamoa safida 13 uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor gol urdi.
Hozirda «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini 13 fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!