date

Jorje Jezush Ronalduning nega o'ynamasligini tushuntirdi

Jorje Jezush Ronalduning nega o'ynamasligini tushuntirdi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni o'tkazib yuborishiga sabab bo'lgan qarorni izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu o'yinda ham uning ismi qaydnomadan joy olmaydi.

Jezushning aytishicha, jamoaning zich taqvimi bois Ronaldo va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilingan. Murabbiy oldinda "Al-Fateh"ga qarshi muhim bahs borligini ta'kidladi.

Shuningdek, Jezush Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan o'yinlarni tez-tez o'tkazib yuborishi yangilik emasligini, bu holat avval ham bir necha bor takrorlanganini eslatdi. Uning so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Saudiya chempionatining "Al-Fateh" – "Al-Nasr" uchrashuvi shanba kuni, 14-fevralda bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jorje Jezush Ronalduning nega o'ynamasligini tushuntirdi