date

Naumov Mourinyo uchun Saudiya ligasini mos ko'rdi

Naumov Mourinyo uchun Saudiya ligasini mos ko'rdi

“Lokomotiv”ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov “Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyo faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan chempionat sifatida Saudiya Arabistonini tilga oldi. U bu fikrlarini “Yevro-Futbol.Ru” nashriga bergan intervyusida bildirib o‘tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Naumovning aytishicha, Mourinyoning eng kuchli davri ortda qolgan va unga tanaffus kerak. Ekspert fikricha, avvallari sirli, kutilmagan va o‘ziga xos uslubi bilan ajralib turgan murabbiy hozirda oddiyroq, o‘rtacha darajadagi mutaxassisga aylanib qolgan.

“Saudiya Arabistonida unga yaxshi bo‘ladi: u yerda maosh katta, mojarolarni yaxshi ko‘rishadi, yoshi katta yulduz futbolchilar bilan ishlash imkoniyati bor. Menimcha, Saudiya Arabistoni unga mos”, — dedi Naumov.

Mourinyo boshqaruvidagi “Benfika” Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning “Real”iga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv 17-fevral kuni Portugaliyada bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Naumov Mourinyo uchun Saudiya ligasini mos ko'rdi