Tashuyev Rossiya futbolining haqiqiy darajasi noma'lumligidan afsusda

"Ahmat" va "Krasnodar"ning sobiq bosh murabbiyi Sergey Tashuyev "Yevro-Futbol.Ru"ga bergan intervyusida Rossiya milliy jamoasining kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisga ko'ra, terma jamoa imkon qadar tezroq xalqaro maydonga qaytishi kerak. U bu g'oyani ilgari surish lozimligini ta'kidlar ekan, bir vaqtning o'zida kuchli raqiblar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini kelishib olish ham muhimligini aytdi.
Tashuyev chetlatish sababli Rossiya terma jamoasi va RPL klublarining real saviyasini baholash qiyinligini urg'uladi. Uning fikricha, ayni paytda mamlakat futboli qanday holatda ekani ham aniq emas.
Avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino Rossiyaning xalqaro arenaga qaytishi zarurligi haqida bayonot bergandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!