Endrik Lion jamoasidagi barchaga Sony PlayStation sovgʻa qildi

Braziliyalik Endrik yangi klubi «Lion» safidagi ilk o‘yinlaridayoq o‘zini yorqin ko‘rsatdi: u allaqachon xet-trik qayd etishga ulgurdi. Uning natijadorligi fonida «Lion» barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda ketma-ket 12 uchrashuvdan beri g‘alaba qozonib kelmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endrik yangi jamoasida ko‘rsatilgan e’tibordan juda mamnun. Shu sabab u klubning barcha vakillariga Sony PlayStation sovg‘a qilishga qaror qildi. Futbolchi bu yo‘l bilan yangi jamoada tezroq moslashib, jamoaviy muhitni mustahkamlashni ko‘zlamoqda.
Hozircha braziliyalik hujumchi «Lion» tarkibida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Eslatib o‘tamiz, u avvalroq Madridning «Real» klubida kutilgan darajada o‘yin ko‘rsata olmagandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!