date

Tomas Partiga yana ikki holatda jinsiy zo'ravonlik aybi qo'yildi

Tomas Partiga yana ikki holatda jinsiy zo'ravonlik aybi qo'yildi

"Vilyarreal"ning markaziy yarim himoyachisi Tomas Partiga nisbatan yana yangi ayblovlar ilgari surildi. Daily Mail xabariga ko'ra, Gana terma jamoasi futbolchisi jinsiy zo'ravonlik bo'yicha yana ikki epizodda ayblanmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ma'lumki, Partining ishi avval ham sudgacha yetib borgan: unga ikki ayol bo'yicha to'rtta zo'rlash holati bog'lab qo'yilgan edi. Futbolchi esa barcha da'volarni qat'iy rad etmoqda.

Ish bo'yicha yangi ochilgan holatlar yuzasidan ilk eshituv 13 mart kuni bo'lib o'tadi.

Parti yozda Ispaniyaga ko'chib o'tgandi. Joriy mavsumda u 21 uchrashuvda maydonga tushgan, biroq hozircha gol yoki golli uzatma bilan hisob ochmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tomas Partiga yana ikki holatda jinsiy zo'ravonlik aybi qo'yildi