date

Kaladze Leau Milan uchun juda zarur futbolchi deb hisoblaydi

Kaladze Leau Milan uchun juda zarur futbolchi deb hisoblaydi

“Milan”ning sobiq himoyachisi, gruziyalik futbolchi Kaxa Kaladze portugaliyalik hujumchi Rafael Leau klub uchun juda kerakligini va u alohida toifadagi o'yinchilardan ekanini ta'kidladi. Leau 2019 yilda Italiyaga ko'chib kelib, “Milan” safida to'p sura boshlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kaladzening aytishicha, Italiyada Leauga nisbatan tanqid ko'p bo'lishi mumkin, biroq u ham jismoniy, ham texnik jihatdan juda kuchli. Uning fikricha, “Milan” yana g'alabalarga qaytishni istasa, Leau jamoaning eng muhim bo'g'inlaridan biri bo'lib qoladi. Bu haqda pianetamilan.it xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, Kaxa Kaladze “Milan”da 2001–2010 yillarda o'ynagan. Hozirda u Gruziya poytaxti Tbilisi shahrining meri sifatida faoliyat yuritmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kaladze Leau Milan uchun juda zarur futbolchi deb hisoblaydi