Nottingem Forest yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga yaqin

"Nottingem Forest" Shon Daych iste’foga chiqarilgach, bosh murabbiy masalasini tezroq yopishga harakat qilmoqda. Sky Sports xabariga ko'ra, "o'rmonchilar"ni Vitor Pereyra boshqarishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbada aytilishicha, klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassis bilan muzokara o'tkazgan va u Angliya chempionatiga qaytishga qarshi emas.
Pereyraning so'nggi jamoasi "Vulverxempton" bo'lgan, u bu klubni noyabr boshida tark etgandi. 57 yoshli murabbiy faoliyati davomida "Portu", "Fenerbahche", "Al-Shabab", "Flamengo", "Olimpiakos" kabi klublarda ham ishlagan.
Hozirda "Nottingem Forest" APL turnir jadvalida 27 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing