date

Luis Enrike Zabarniy moslashuvi haqida xotirjam gapirdi

Luis Enrike Zabarniy moslashuvi haqida xotirjam gapirdi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike ukrainalik himoyachi Ilya Zabarniy atrofidagi vaziyatga munosabat bildirdi. OAVda futbolchining Parijdagi jamoaga moslashish jarayonida qiyinchiliklar borligi haqida gaplar yangramoqda. Zabarniy PSJga yozda "Bornmut"dan kelib qo'shilgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Enrikening ta'kidlashicha, klub yangi futbolchilarni juda sinchiklab tanlaydi va har bir transferga moslashish uchun vaqt kerak bo'ladi. Murabbiy yozda kelgan o'yinchilar bo'yicha xavotir yo'qligini aytdi, biroq PSJ Fransiya Kubogidan chiqib ketgani sabab rotatsiya imkoniyatlari kamayganini ham qo'shimcha qildi.

"O'yinchilar har qanday paytda tayyor bo'lishi kerak. Zabarniy va kamroq o'ynayotgan boshqalar ham albatta o'z daqiqalarini oladi", — dedi Enrike matbuot anjumanida.

13-fevral, juma kuni PSJ Fransiya chempionatida safarda "Monako"ga qarshi bahs o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike Zabarniy moslashuvi haqida xotirjam gapirdi