Al-Hilol Kalidu Kulibalining shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi

Markaziy himoyachi Kalidu Kulibali kelasi mavsumda ham «Al-Hilol» safida to'p suradi. Saudiya klubi rasmiy sayti orqali senegallik futbolchi bilan tuzilgan shartnoma uzaytirilganini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qayd etilishicha, Kulibali yangi kelishuv hujjatlariga imzo chekkan va bitim 2027 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.
Kulibali «Al-Hilol»ga 2023 yilda qo'shilgan. Ungacha Yevropada «Mets», «Genk», «Napoli» va «Chelsi» klublarida o'ynagan.
Futbolchi Saudiya Arabistoniga yo'l olishi ortida moliyaviy jihatlar borligini yashirmagan, biroq keyinchalik mahalliy liga darajasi ham yomon emasligini ta'kidlagan.
Hozirda «Al-Hilol» Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida peshqadam. Ikkinchi o'rindagi «Al-Nasr» esa yetakchidan bir ochko ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!