UEFA Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy to'pni taqdim etdi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakunlandi. Endi pley-off o'yinlari boshlanadi: 16 jamoa styk raundida kuch sinashib, 1/8 final uchun sakkizta yo'llanmani qo'lga kiritishga harakat qiladi. Umumiy bosqichning eng yaxshi sakkiz jamoasi esa 1/8 finalga allaqachon yo'l oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, UEFA Chempionlar ligasi finali uchun mo'ljallangan rasmiy to'pni namoyish qildi. U qora ranglarga yaqin tuslarda, oq yulduzlar bilan bezatilgan. To'p Adidas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasi finali Budapeshtda bo'lib o'tadi. «Quloqli» sovrin uchun hal qiluvchi bahs shanba kuni, 30 mayda o'tkaziladi.
Hozirgi chempion — «PSJ». O'tgan finalda parijliklar «Inter»ga hech qanday imkon qoldirmay, 5:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!