Bolonya Santyago Kastro bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirdi

Argentina hujumchisi Santyago Kastro “Bolonya” bilan hamkorligini davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
21 yoshli futbolchining yangi bitimi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Kastro “Bolonya” safida 2024 yil yanvaridan beri to‘p tepmoqda.
Mavsumning birinchi yarmida u barcha musobaqalarda 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Italiya chempionatining 24 turidan so‘ng “Bolonya” 30 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda. Jamoa A Seriyadagi navbatdagi o‘yinini 15 fevral kuni safarda “Torino”ga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing