date

Upamekano Bavariya bilan yangi shartnomani izohladi

Upamekano Bavariya bilan yangi shartnomani izohladi

Dayo Upamekanoning kelajagi borasidagi gap-so‘zlarga nuqta qo‘yildi — “Bavariya” himoyachi bilan shartnomani uzaytirganini rasman ma’lum qildi. 27 yoshli futbolchi yangi bitimga imzo chekkanidan so‘ng klub matbuotiga fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Bavariyada qolayotganimdan juda xursandman va bu jamoa safida o‘ynashda davom etaman. Tarkibimiz zo‘r, murabbiyimiz ham a’lo — birgalikda katta maqsadlar qo‘yganmiz. Hayotda hammasini mentalitet hal qiladi: har bir mashg‘ulotda jamoadoshlarim uchun borimni beraman, har o‘yinda darvozamiz daxlsiz bo‘lishini xohlayman va “Bavariya” bilan imkon qadar ko‘proq sovrin yutishni istayman”, — deya Upamekanoning so‘zlarini Myunxen klubi sayti keltirdi.

Endi Upamekanoning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Shanba kuni “Bavariya” safarda “Verder”ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Upamekano Bavariya bilan yangi shartnomani izohladi