Nunes arab chempionati roʻyxatidan chiqarilib, Benzema kiritildi

Urugvaylik Darwin Nunes mavsumning qolgan qismida arab chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilal»ning italiyalik bosh murabbiyi uni ichki chempionat uchun arizadan olib tashlab, klubga yangi qoʻshilgan Karim Benzemani roʻyxatga kiritdi. Shunga qaramay, Nunes Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlari uchun jamoa qaydnomasida qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib oʻtamiz, Nunes avvalroq Ispaniyaning «Almeria», Portugaliyaning «Benfika» va Angliyaning «Liverpul» klublarida toʻp surgan. U 2019 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga jalb etilib keladi va hozirgacha milliy jamoadagi hisobida 13 ta gol bor. Hujumchi 2022 yilgi Qatar jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing