Al-Hilol arablarda Nunesni ro'yxatdan chiqardi, Benzema qo'shildi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida arab chempionati o'yinlarida maydonga tushmaydi. «Al-Hilol»ning italiyalik bosh murabbiyi klubga kelib qo'shilgan Karim Benzemani ro'yxatga kiritish uchun Nunesni ichki chempionat qaydnomasidan chiqarib tashladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, Nunes jamoaning Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlari uchun tuzilgan qaydnomasida saqlab qolingan.
Eslatib o'tamiz, futbolchi avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» va Angliyaning «Liverpul» klublarida o'ynagan. U 2019 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga muntazam jalb etilib keladi va hozirgacha milliy jamoa safida 13 ta gol urgan. Nunes 2022 yilgi Qatar jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing