Milan Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirishi mumkin

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich Italiya chempionatida uzoqroq muddat qolishi ehtimoldan xoli emas. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, mavsum yakunida Milan rahbariyati futbolchiga shartnomani yana bir yilga uzaytirishni taklif qilishi mumkin. Hozirgi kelishuv 2026 yil yozigacha amal qiladi va yana bir yilga uzaytirish opsiyasini ham o'z ichiga oladi.
Qayd etilishicha, Modrichning o'zi ham jamoada o'zini yaxshi his qilmoqda, biroq kelajagi borasida hozircha yakuniy qarorga kelmagan.
Modrich joriy mavsum A Seriyada 22 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U milanliklar safida 2025 yil yozidan buyon to'p surmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing