date

Messi 2026 yilgi JChda ishtirok etmasligi mumkin

Messi 2026 yilgi JChda ishtirok etmasligi mumkin

Lionel Messi kelasi yozda Argentina terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionatida maydonga tushmasligi ehtimoli bor. The Touchline xabariga ko‘ra, 38 yoshli hujumchi mundialni o‘tkazib yuborish variantini ham istisno qilmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, hammasi futbolchining jismoniy holatiga bog‘liq bo‘ladi. Messi o‘zini ideal darajada his qilmasa, hatto juda kichik pasayish bo‘lsa ham, jahon chempionatiga bormaslik qarorini qabul qilishi mumkin.

Shuningdek, Messi MLSdagi raqobat darajasi mundial oldidan eng yuqori formaga chiqish uchun yetarli emas, deb hisoblaydi. Shu sabab u bu omilni to‘liq jismoniy tayyorgarlik bilan qoplash zarurligini tushunadi.

2026 yilgi jahon chempionatida Argentina amaldagi chempion sifatida titulini himoya qiladi. Oxirgi mundial finalida “albiseleste” Fransiyani 3:3 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida mag‘lub etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi 2026 yilgi JChda ishtirok etmasligi mumkin