date

Kairat himoyachisi Mbappe bilan futbolka almashtirganini aytdi

Kairat himoyachisi Mbappe bilan futbolka almashtirganini aytdi

Qozogʻistonning «Kairat» klubida toʻp surayotgan himoyachi Aleksandr Martynovich UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi uchrashuvdan keyin Madridning «Real»i hujumchisi Kilian Mbappe bilan futbolka almashganini eslab oʻtdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining aytishicha, u oʻyin yakunidan soʻng stadionning ichki qismida Mbappedan futbolkasini soʻragan. Yulduz hujumchi esa «Ha, muammo yoʻq» deb javob berib, oʻz maykasini bergan. Shundan keyin Martynovich undan «Senga meniki kerakmi?» deb soʻraganida, Mbappe «Albatta» deya javob qaytargan.

Eslatib oʻtamiz, «Kairat» va «Real» oʻrtasidagi bahs oʻtgan yilning sentyabrida boʻlib oʻtgan. Oʻshanda madridliklar qozogʻistonlik raqibini 5:0 hisobida yirik magʻlub etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kairat himoyachisi Mbappe bilan futbolka almashtirganini aytdi