Golovin chetlatilishiga izoh berdi hissiyotlar ustun keldi

Rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin «Monako»ning «Nant»ga qarshi uchrashuvida maydondan chetlatilgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, 13 fevral kuni Fransiya chempionatining 22-turi doirasida «Monako» o‘z maydonida «Nant»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Golovin asosiy tarkibda maydonga tushib, ikki bor golli uzatma muallifiga aylandi, biroq 65-daqiqada chetlatildi. Yarim himoyachi bir necha soniya ichida ketma-ket ikki sariq kartochka oldi.
«Menimcha, bu yerda jiddiy gap yo‘q, oddiy tushunmovchilik bo‘ldi. Balki o‘sha vaziyatda men ham ortiqcha hissiyotga berilib ketgandirman, ammo meningcha, hakam hammasini bitta sariq kartochka bilan cheklashi mumkin edi», — deya Golovinning so‘zlarini keltiradi «Sport-Ekspress».
Hozirda «Monako» Fransiya chempionatida 31 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!