Kairat himoyachisi Mbappe bilan futbolka almashganini esladi

Qozog‘istonning «Kairat» klubi himoyachisi Aleksandr Martynovich YChL umumiy bosqichidagi uchrashuvdan keyin Madridning «Real»i hujumchisi Kilian Mbappe bilan futbolka almashtirgani haqida gapirib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, u stadionning ichki yo‘laklarida Mbappedan futbolkasini so‘ragan. Yulduz hujumchi esa «albatta, muammo yo‘q» deya rozi bo‘lib, formasini bergan. Shundan so‘ng Martynovich ham: «Senga meniki kerakmi?» deb so‘raganida, Mbappe «ha, albatta» deb javob berganini «Match TV» efirida aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, «Kairat» — «Real» uchrashuvi o‘tgan yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan va madridliklar 5:0 hisobida yirik g‘alabaga erishgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing