date

Arbeloa Benfika bilan o'yin oldidan qiyin kechishini aytdi

Arbeloa Benfika bilan o'yin oldidan qiyin kechishini aytdi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi bo'ladigan uchrashuv arafasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis Lissabondagi bahsda jamoa juda yuqori saviyada o'ynashi shartligini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, «Real» raqibning kuchini yaxshi biladi va g'alaba uchun seshanba kuni bor imkoniyatini ishga solishi kerak.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida «Real» safarda «Benfika»ga 2:4 hisobida yutqazgandi. O'sha natija portugaliyaliklarga pley-offga chiqishda muhim yordam bergan.

Chempionlar ligasi pley-off saralash bosqichidagi «Benfika» — «Real» juftligining ilk uchrashuvi 17 fevral kuni bo'lib o'tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Benfika bilan o'yin oldidan qiyin kechishini aytdi