date

Martynovich Haverts bilan maydondagi kulgili suhbatni esladi

Martynovich Haverts bilan maydondagi kulgili suhbatni esladi

«Kairat» futbolchisi Aleksandr Martynovich Yevropa Chempionlar ligasidagi «Arsenal»ga qarshi o‘yindan so‘ng londonliklar yarim himoyachisi Kayo Haverts bilan bo‘lib o‘tgan qiziqarli muloqot haqida gapirib berdi. Nemis futbolchisiga Martynovichning chehrasi tanish tuyulgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Martynovichning aytishicha, Haverts: «Negadir yuzingiz menga juda tanish», degan. Shunda u «Bayer»ga qarshi avvalgi uchrashuvlarni eslatib, o‘sha paytda raqibni mag‘lub etishganini, shuningdek, Haverts «Chelsi» safida bo‘lgan davrda ham maydonda bir necha bor to‘qnash kelishganini ta’kidlagan.

Martynovich o‘z kolleksiyasida Havertsning o‘yin futbolkasi ham borligini qo‘shimcha qildi. Eslatib o‘tamiz, Aleksandr avvalroq Rossiyada ham to‘p surib, «Krasnodar», «Ural» va «Rubin» klublari sharafini himoya qilgan.

Ma’lumot uchun, «Arsenal» va «Kairat» yanvar oxirida Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so‘nggi turida uchrashgan. London klubining uyida kechgan bahsda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martynovich Haverts bilan maydondagi kulgili suhbatni esladi