Vinisius boshqa klublar orasidagi eng yaqin do'stini aytdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior boshqa jamoalarda to'p surayotgan futbolchilar orasidagi do'stlari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Braziliyalik futbolchi «Real»dan tashqarida do'stlari ko'pligini ta'kidlab, «Liverpul» a'zosi Dominik Soboslai bilan tez-tez muloqot qilishini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, ular yoshligidan tanish. Vinisius eng yaqin do'sti sifatida hozir «Flamengo»da o'ynayotgan Paketani tilga oldi. Shuningdek, u «Barselona»dan Rafinya, «Atletiko Mineyro»dan Reynyer, «Manchester Siti»dan Savio hamda «Milan» vakili Leau bilan ham yaqinligini qo'shimcha qildi.
Vinisius 2018 yildan buyon «qirollik klubi» safida o'ynab kelmoqda. Madridga ko'chib o'tishidan avval u vatanidagi «Flamengo»da tajriba to'plagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!