APL grandlari Dyomande uchun Bavariya bilan kurashadi

"RB Leyptsig" vingeri Yan Dyomande yozgi transferlar oynasida klubini o'zgartirishi kutilmoqda. 19 yoshli iqtidor egasi uchun "Bavariya" hamda Angliya Premyer-ligasining bir nechta top jamoalari raqobatga kirishgani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"Leyptsig" hozircha futbolchi uchun aniq narx belgilab ulgurmagan, biroq unga bo'lgan qiziqish juda yuqori. Myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani ivuar futbolchisining salohiyatini katta baholamoqda.
Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, Dyomandening bozor bahosi 45 mln yevroni tashkil etadi. Shunga qaramay, avvalroq tarqalgan gap-so'zlarga ishonilsa, "qizil buqalar" uni 100 mln yevroga yaqin summaga ham sotuvga qo'yishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing