Vinisius Jarima Maydonidagi To'p Tegishlarida Yetakchilik Qildi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior Yevropaning top-5 chempionatlarida raqib jarima maydonida to'pga eng ko'p tegingan futbolchi bo'lib turibdi. Statmuse statistik portali e'lon qilgan ma'lumotlar shuni ko'rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Braziliyalik vinger hisobida 216 ta teginish bor. Ikkinchi o'rinda uning jamoadoshi Kilian Mbappe 194 ko'rsatkich bilan joylashgan, uchinchi pog'onani esa «Barselona» vakili Lamin Yamal 187 ta teginish bilan egalladi.
Top-10 ro'yxatiga shuningdek Luis Dias («Liverpul», 176), Erling Holann («Manchester Siti», 151), Maykl Olise («Bavariya», 149), Lautaro Martines («Inter», 141), Kenan Yildiz («Yuventus», 135), Mohamed Salah («Liverpul», 134) va Yankuba Minte («Brayton», 133) ham kirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!