Arbeloa Benfika bilan o'yin qiyin bo'lishini aytdi

Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi yaqinlashib kelayotgan uchrashuv oldidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis Lissabonda yuqori darajadagi o'yin namoyish etish zarurligini ta'kidladi. Arbeloaga ko'ra, “Real” bu safar oson bo'lmasligini yaxshi tushunadi va seshanba kuni g'alaba uchun bor kuchini ishga solishi kerak.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakuniy turida “Real” safarda “Benfika”ga 2:4 hisobida mag'lub bo'lgandi. O'sha natija portugaliyaliklarning pley-offga chiqishiga yordam bergan.
Chempionlar ligasi pley-off yo'llanmasi uchun “Benfika” — “Real” juftligidagi ilk uchrashuv 17 fevral kuni bo'lib o'tadi. Boshlanishi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!