date

Garri Keyn XXI asrda penaltilar bo‘yicha uchinchi bo‘ldi

Garri Keyn XXI asrda penaltilar bo‘yicha uchinchi bo‘ldi

“Bavariya” hujumchisi Garri Keyn faoliyatidagi 100-penaltini aniq amalga oshirdi. Angliyalik forvard Germaniya Bundesligasida “Verder”ga qarshi o‘yinda (3:0) 11 metrlik zarbadan gol urdi. Shu bahsning o‘zida 32 yoshli futbolchi umumiy hisobda 500-gol chegarasiga ham yetib keldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

FIFA World Cup Stats ma’lumotiga ko‘ra, Keyn XXI asrda penaltidan 100 va undan ko‘p gol urgan atigi uchinchi futbolchiga aylandi. Bu ko‘rsatkichda undan faqat Krishtianu Ronaldu (181) va Lionel Messi (112) oldinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Garri Keyn 2023 yilda “Tottenhem”dan “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgan. U professional faoliyatining asosiy qismini London klubida o‘tkazgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn XXI asrda penaltilar bo‘yicha uchinchi bo‘ldi