Arbeloa Alonso davridagi Real muammosini bartaraf etdi

Madridning «Real» jamoasida bosh murabbiy Alvaro Arbeloa kelganidan so‘ng ichki muhit barqarorlashdi va jamoa yana bir maromga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klubni avval boshqargan Xabi Alonso futbolchilar bilan mustahkam aloqa o‘rnata olmadi, oqibatda jamoa ichida ishonch susaydi. Diario AS xabariga ko‘ra, Arbeloa esa qisqa fursatda kollektivdagi uyg‘unlikni qayta tiklab, kiyinish xonasida birdamlik muhitini qaytardi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» 12 yanvar kuni Alonsoni iste’foga chiqargan va uning o‘rniga Arbeloani tayinlagan edi. Shundan buyon madridliklar sakkiz uchrashuv o‘tkazib, oltitasida g‘alaba qozondi va ikkitasida mag‘lub bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing