Garri Keyn 21 asrda penaltilar bo‘yicha uchinchi bo‘ldi

Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Garri Keyn faoliyatidagi 100-penaltini aniq ijro etdi. Angliyalik forvard Bundesligada “Verder”ga qarshi uchrashuvda (3:0) 11 metrlik zarbani golga aylantirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘sha o‘yinda 32 yoshli futbolchi yana bir muhim marrani ham zabt etdi — umumiy hisobda professional faoliyatidagi gollari soni 500 taga yetdi.
FIFA World Cup Stats ma’lumotiga ko‘ra, Keyn 21 asrda penaltidan 100 ta gol urgan bor-yo‘g‘i uchinchi futbolchiga aylandi. Bu ko‘rsatkichda undan faqat Krishtianu Ronaldu (181) va Lionel Messi (112) oldinda.
Garri Keyn “Bavariya” safiga 2023 yilda “Tottenhem”dan ko‘chib o‘tgandi. U faoliyatining katta qismini London klubida o‘tkazgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing