date

Heytinga Tottenhemni 33 kundan so'ng tark etdi

Heytinga Tottenhemni 33 kundan so'ng tark etdi

Yanvar o'rtalarida «Tottenhem» Jon Heytinga murabbiylar shtabiga qo'shilganini e'lon qilgandi. Oradan ko'p o'tmay klub Premyer-ligadagi omadsiz natijalar sabab bosh murabbiy Tomas Frank bilan xayrlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bir necha kundan keyin «shporlar»ni Igor Tudor qabul qilib oldi. Xorvatiyalik mutaxassis mavsum oxirigacha mo'ljallangan qisqa muddatli shartnoma imzoladi.

The Athletic xabariga ko'ra, Tudor tayinlanganidan so'ng Jon Heytinga klubni tark etgan. Niderlandiyalik murabbiy «Tottenhem»da bor-yo'g'i 33 kun ishlashga ulgurdi.

Hozir «Tottenhem» Angliya chempionati turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o'yini 22-fevral kuni «Arsenal»ga qarshi derbida bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Heytinga Tottenhemni 33 kundan so'ng tark etdi