date

Garri Keyn 21 asrda penaltilar bo'yicha uchinchi bo'ldi

Garri Keyn 21 asrda penaltilar bo'yicha uchinchi bo'ldi

«Bavariya» hujumchisi Garri Keyn yaqinda faoliyatidagi 100-penaltisini aniq amalga oshirdi. Angliyalik forvard Bundesligada «Verder»ga qarshi o'yinda (3:0) 11 metrlik zarbani golga aylantirdi. Shu uchrashuvning o'zida 32 yoshli futbolchi umumiy hisobda 500-gollik marrani ham zabt etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

FIFA World Cup Stats ma'lumotiga ko'ra, Keyn 21 asrda penaltilardan 100 gol urgan bor-yo'g'i uchinchi futbolchiga aylandi. Bu ko'rsatkichda undan faqat Krishtianu Ronaldu (181) va Lionel Messi (112) oldinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Garri Keyn 2023 yilda «Tottenhem»dan «Bavariya»ga ko'chib o'tgan edi. U professional faoliyatining katta qismini aynan London klubida o'tkazgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn 21 asrda penaltilar bo'yicha uchinchi bo'ldi