Garri Keyn XXI asrda penaltidan eng ko'p urgan uchinchi futbolchi

“Bavariya” hujumchisi Garri Keyn faoliyatidagi 100-penaltini aniq ijro etdi. Angliyalik forvard Bundesligada “Verder”ga qarshi bahsda (3:0) 11 metrlik zarbani golga aylantirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘sha uchrashuvning o‘zida 32 yoshli futbolchi yana bir muhim marrani ham qayd etdi — uning umumiy hisobdagi gollari 500 taga yetdi.
FIFA World Cup Stats ma’lumotiga ko‘ra, Keyn XXI asrda penaltidan 100 ta gol urishga erishgan atigi uchinchi futbolchiga aylandi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha undan faqat Krishtianu Ronaldu (181) va Lionel Messi (112) yuqorida turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Garri Keyn 2023 yilda “Tottenhem”dan “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgan. U professional faoliyatini aynan London klubida boshlagan va uzoq yillar shu jamoa sharafini himoya qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!