date

Ronalduni Yevropaning top klublariga taklif qilish boshlandi

Ronalduni Yevropaning top klublariga taklif qilish boshlandi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda yulduzli portugaliyalik futbolchi klubini almashtirishi ehtimoli hamon dolzarb. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendes Yevropaning bir qator top klublari bilan aloqaga chiqib, yozgi transfer oynasida 41 yoshli Ronalduni tarkibga qo‘shib olish variantini taklif qilmoqda.

Avvalroq matbuotda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin kelib chiqqan kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida gaplar tarqalgan edi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Krishtianu hanuz Mendes agentligining mijozi sifatida ko‘rsatilgan.

Ronaldu va «Al-Nasr» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o‘rtalarigacha kuchda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduni Yevropaning top klublariga taklif qilish boshlandi