Franchesko Totti Mourinyo bilan ishlamaganidan afsusda

Rimning “Roma” klubi sobiq sardori Franchesko Totti portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo bilan birga ishlash imkoniyati bo‘lmagani uchun afsus bildirganini aytdi. Mourinyo yaqinda “Roma”ni boshqargan bo‘lsa-da, Totti uchun bu davr allaqachon dolzarb emas edi — afsona hujumkor yarim himoyachi 2017 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tottining fikricha, u Mourinyo qo‘l ostida o‘z imkoniyatlarini yanada to‘liqroq ochib bera olardi. “U ochiqko‘ngil, futbolchilarga maydonda erkinlik beradi, deyishgan. Eng muhimi, u jamoani a’lo darajada boshqara oladi: tarkibda yulduzlar ko‘p bo‘lsa, ularni shunchaki mashq qildirish emas, boshqarish ham kerak”, — deya Tottining so‘zlarini fcinter1908.it keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, hozir “Roma” A Seriyada 5-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!