Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma'lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Avval «Barselona» safida to'p surgan Rikelme va Delgado oldida jamoani tezroq kuchaytirish vazifasi turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham salmoqli tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuv o'tkazgan, jumladan 1998 yilgi Jahon chempionatida ham maydonga tushgan. 2003 yilda esa u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to'purari bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing